Har ishning bir ustasi bor, Har ustaning bir ustozi bor!

Har ishning bir ustasi bor, Har ustaning bir ustozi bor!


Haqiqatdan ham, ustoz qadami qutlug' zot. Seni, meni, barchamizni shu darajaga yetishimizga sababchi bo'lgan, otaday ulug' ka'batullohimiz - bu ustoz!

Shunday jonkuyar ustozlarimizdan biri Shofirkon tumani 25-son Maktabgacha ta'lim muassasasining fidoiysi Zilola Halimova bizning bosh qahramonimiz bo'ldilar.

Hech kim ona qornidan avliyo bo‘lib tug‘ilmaydi! Hatto, Navoiy ham.

Ustoz haqida qancha ta'rif-u tahsinlar aytsak ham oz!

Ko'p yillardan beri o'zining beminnat mehrini, bilimini yosh bolajonlarga ulashib kelayotgan Zilola opa bugungi kunga kelib, fidoiy ustoz sifatida barchaning qalbidan chuqur joy oldi desak bejiz emas, albatta.

Zilola opa bilan dildan, samimiy suhbat qurganimizda ko'zlaridagi mehr, o'zbek ayoliga xos bo'lgan boshqacha bir his- tuyg'u yaqqol namoyon edi. 30 yillik tajribalari davomida 25 dan ortiq bolajonlarga saboq berib kelayotgani, yosh tarbiyachilarga o'rnak bo'la oladi albatta.

Suhbatimiz so'ngida qahramonimizni shunday ta'rif etgan bo'lar edim: har qanday og‘ir sharoitda ham olg'a qadam tashlashga undaydigan zot!

Ustoz — otangday ulug‘, ustoz qadami qutlug‘,

Ustozning har kalomi ilmu hikmatga to‘lug‘,

Ustozning dili ravshan, ustoz makoni yorug‘,

Unib chiqar, albatta, ustoz tashlagan urug‘,

Ustoz qadami qutlug‘, ustoz — otangday ulug‘.


Mahtob Sharofiddinova

Buxoro Davlat Universiteti talabasi talabasi


Report Page