Buxoro viloyatini “Tozalik va yashillik makoniga” aylantirishga doir chora-tadbirlar ko‘rilmoqda

Buxoro viloyatini “Tozalik va yashillik makoniga” aylantirishga doir chora-tadbirlar ko‘rilmoqda

Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi Matbuot xizmati

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirining tegishli buyrug‘iga ko‘ra vazirning birinchi o‘rinbosari Obidjon Qudratov boshchiligidagi respublika ishchi guruhi Buxoro viloyatida o‘rganish ishlari olib bordi.

@sanitationuz

O‘rganish davomida respublika hududlarida atrof-muhitni muhofaza qilish va chiqindilarni boshqarish sohasini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va ularning yechimi yuzasidan takliflar ishlab chiqish barobarida hududlarda chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish va boshqarish bo‘yicha “Andijon” tajribasini keng yoritish va amaliyotga tatbiq etishga ahamiyat qaratildi. 

@sanitationuz

Xususan, viloyat shtabi tashkil etilib, unda unda vazirlik va Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi xodimlaridan iborat respublika ishchi guruhi va hududdagi mutasaddi mas'ullari ishtirokida chiqindilarni boshqarish sohasi, bu borasida aholiga sifatli xizmat ko‘rsatish, mavjud debitor qarzdorliklarning undirilishi ahvoli atroflicha muhokama qilinib, masʼullarga tegishli koʻrsatma va topshiriqlar berildi.

@sanitationuz

Shuningdek, o‘rganishlar davomida Buxoro viloyati Ekologiya boshqarmasi Buxoro shahar inspektorlari hamda Milliy gvardiya va IIB JXX PPX xodimlari bilan birgalikda Buxoro shahrida joylashgan Markaziy dehqon bozori, “Karvon buyum” bozori hamda “Ulgurji” oziq-ovqat bozorlarida ekologik nazorat reyd tadbirlari oʻtkazildi.

@sanitationuz

Reyd davomida belgilanmagan joylarda chiqindi tashlanganligi holatlari aniqlanib, qoidabuzarlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 91-moddasi 1-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi va tegishli tartibda jarimalar qoʻllanildi.

@sanitationuz

Bundan tashqari, Buxoro viloyatini “Tozalik va yashillik makoni”ga aylantirish bo‘yicha targ‘ibot harakati boshlanib, Ekologik inspeksiya bo‘linma hamda Prokuratura, Ichki ishlar, Milliy gvardiya boshqarmalari uchun “Dolzarb 30 kunlik” eʼlon qilindi va reyd tadbirlari uyushtirish bo‘yicha topshiriq berildi.

@sanitationuz

Ichshi guruh tomonidan hududning chiqindi balansini shakllantirish, chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash va joylashtirish holatlarini aniqlash va oldini olish, chiqindi yig‘ish shaxobchalari, konteynerlar va texnikalar, saralash va qayta ishlashni rag‘batlantirish, to‘lov intizomini kuchaytirish va debitor qarzdorlik masalalariga ham e’tibor qaratildi. 

Shu bilan birga, chiqindi poligonlari hamda sanitariya-gigiyena shaxobchalarini (hojatxona) tashkil etish va chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha imzolangan davlat-xususiy sheriklik bitimlari doirasida belgilangan investitsiya majburiyati bajarilishi kabi masalalar ham muhokama qilindi.

@sanitationuz

O‘rganishdan maqsad davlatimiz rahbarining joriy yil 29-mart kuni “Yashil makon” loyihasi doirasida bahorgi ekish mavsumini tashkil qilish hamda chiqindilar bilan ishlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlashdan iborat. Hududlarda bu kabi o‘rganishlar davom etmoqda.

Sanitar tozalash ishlarini tashkil etish respublika markazi Matbuot xizmati

Report Page