Buxoro davlat universitetida navbatdagi qizg'in bahslarga boy "ZAKOVAT" intellektual o'yinlarining yangi mavsumiga start berildi

Buxoro davlat universitetida navbatdagi qizg'in bahslarga boy "ZAKOVAT" intellektual o'yinlarining yangi mavsumiga start berildi

 

16-fevral kuni o'tkazilgan "ZAKOVAT" intellektual o'yinlarining yangi mavsumi 1-tur bahslari ham ancha keskin va kurashlarga boy bo'lib o'tdi. Ushbu o'yin Buxoro davlat universitetining har sohada faol, zukko, bilimdon, tashabbuskor talabalaridan tashkil topgan ahil jamoalarni o'z safiga chorladi. 11 ta fakultet jamoalari o'rtasida bo'lib o'tgan ushbu o'yin munozara va bahslarga boy bo'ldi.

1. ALGORITM ( FIZMAT)

2. EVEREST ( IQTISODIYOT VA TURIZM)

3. PROGRESS ( AGRONOMIYA VA BIOTEXNOLOGIYA)

4. GEOSFER. ( TABIIY FANLAR)

5. INTELLIGIENT ( FILOLOGIYA)

6. EXCELLENT ( PEDAGOGIKA)

7. HUQUQSHUNOSLAR. ( TARIX VA MADANIY MEROS)

8. EVRIKA. ( MAKTABGACHA TALIM)

9. PROGRAMMIST. ( ATF)

10. ARISTOKRATLAR. ( SANATSHUNOSLIK)

11. STARS. ( XORIJIY TILLAR )

Har bir jamoa savollar saviyasi murakkab bo'lishiga qaramay o'z kuch va saloyihatini ishga solib o'yinni ko'tarinki hamda pozitiv kayfiyatda qarshi olishdi.

Jamoalar o'rtasida juda qiziqarli munozara yuzaga keldi.

Savol №2. XVIII asrning birinchi yarmida Rossiyada bir to‘da italyanlarni o‘g‘rilikda gumonlanib qo‘lga olishadi. Rossiya imperiyasi ularni tiliga tushunmagani sabab aynan bir muassasaga murojaat qilishadi. Bu muassasani yordami bilan italyanlar aybsiz topiladi. Savol bu muassasani toping.

Javob: Operachilar italyan tilida kuylashgan va ular italyan tilini biladi deb o‘ylashgan

Motivatsion ruhda tashkil etilgan o'yin barcha-barchaga pozitiv kayfiyat bag'ishlash bilan bir qatorda, ilm-u ma'rifat ulashishga ham xizmat qildi.

O'yin natijalariga ko'ra, Fizika-matematika fakultetining "Algoritm" jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi.

"Algoritm" jamoasini g'oliblik bilan tabriklaymiz🏆

❗️Eslatma: Jamoalarning reyting va umumiy ballari alohida hisoblanadi. Mavsum g'olibi umumiy natijalar asosida aniqlanadi. Keyingi tur bahslarida barcha jamoalarga omad tilaymiz!!!

📌O'yin manzili: Buxoro davlat universiteti. Talabalar turar joyining 1-binosi foyesi. 

Haftaning chorshanba kuni.

Boshlanish vaqti: 15:30



Report Page