MUDDATLI HARBIY XIZMATNI O'TAB, HARBIY QISM TAVSIYANOMASI ASOSIDA TO'LOV-SHARTNOMA ASOSIDA TALABALIKKA QABUL QILINGAN TALABALAR DIQQATIGA!!!

MUDDATLI HARBIY XIZMATNI O'TAB, HARBIY QISM TAVSIYANOMASI ASOSIDA TO'LOV-SHARTNOMA ASOSIDA TALABALIKKA QABUL QILINGAN TALABALAR DIQQATIGA!!!


To'lov shartnoma summasining 35% miqdorida imtiyozga ega bo'lish uchun davogar talabaning BuxDU yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkilotiga taqdim etishi kerak bo'lgan hujjatlar quyidagicha👇

👉 1. Ariza

👉2. Shaxsni tasdiqlovchi pasport (asl va rangli ko‘rinishda 1 dona nusxa) 

👉3. 1 dona 3x4 rasm (talabalar faoliyatini baholash so'rovnomasi uchun) 

👉4. Harbiy guvohnoma (asl va rangli ko'rinishda 1 dona nusxa) 

👉5. Harbiy qism tomonidan berilgan tavsiyanoma (asl va rangli ko‘rinishda 1 dona nusxa) 

👉6. O'rtacha o'zlashtirish darajasi 1-kurs uchun 1-semestr 2021-2022 - o'quv yili (qishki), katta kurslar uchun 2020–2021 – o'quv yilining har ikki semestri (qishki va yozgi) alohida!

👉7. Reyting daftarchasi nusxasi asliga to'g'ri ekanligi fakultet dekani tomonidan tasdiqlanishi lozim (reyting daftarchasidagi o'zlashtirish ko'rsatkichi 71% dan kam bo'lmasligi)

👉8. Talabalik guvohnomasi (asl va rangli ko‘rinishda 1 dona nusxa)

👉9. To'lov-kontrakt summasining 65% to'langanligi, to'lov shakli, to'lov summasi, superkontrakt asosida talabalikka qabul qilinmaganligi to'g'risidagi ma'lumotnoma 1 ta nusxa


✅35% ga da'vogar talabaning jtimoiy faolligini aniqlash bo'yicha me'zonlar👇


⚠️Katta kurs talabalari uchun 2021-yil 1-martdan hozirgi kungacha, 1-kurs talabalari uchun esa o'qishga qabul qilingan kunidan to hozirgacha!!!


 👉1) “Yoshlar ovozi”, “Molodyoj Uzbekistana” gazetalaridan biriga yoki “Yosh kuch” jurnaliga obuna bo'lgan bo’lsa ma'lumotnoma;

👉2) "Posbon" ("Jasorat", "Vatanparvar") guruhlari faoliyatida ishtirok etgan bo'lsa (ma'lumotnoma, rasmlari bilan); 

👉3) "Bunyodkor" yoshlar mehnat harakati loyihasida ishtirok etgan bo'lsa (ma'lumotnoma, rasmlari bilan) 

👉4) Boshlang'ich tashkilotning yillik ish rejasida belgilangan tadbirlari yoki sport musobaqalarida ishchi guruh a’zosi sifatida ishtirok etgan bo'lsa (bayonnoma, rasmlari bilan) 

👉5) Biriktirilgan qarovga muhtoj qariyalar, nogironlar oilalari va mehribonlik uylariga tashriflar to'g'risidagi ma'lumotlar (minnatdorchilik xatlari va tashakkurnomalar, bayonnoma, rasmlari bilan) 

👉6) Boshlang'ich tashkilot hamda Yoshlar ittifoqining hududiy va mahalliy Kengashlari tomonidan tashkil etilgan yoshlar hasharlarida ishtirok etgan bo'lsa (ma'lumotnoma, rasmlari bilan) 

👉7) Yoshlar ittifoqining hududiy va mahalliy Kengashlari hamda Boshlang'ich tashkiloti tomonidan tashkil qilingan turli tanlovlar, sport musobaqalari, fan olimpiadalari, konferensiyalar hamda onlayn loyihalarda ishtirokchi sifatida faoliyati (Asoslovchi hujjatlar Yoshlar Kengashi tomonidan ko'rib chiqiladi hamda har biri alohida inobatga olinib, umumiy ball hisoblanib baholanadi)

👉8) Talabaning o'zining tashabbusi bilan Boshlang'ich tashkilot ko'magida tashkil etilgan tadbirlari (bayonnoma, rasmlari bilan)

👉9) Talabaning Ittifoq faoliyatini OAV da yoritishi (asoslovchi hujjatlar)

👉10) Boshlang'ich tashkilotning tashkiliy tuzilmasidagi o'rni, guruh yetakchisi, fakultet yetakchisi, fakultet yoshlar Kengashi a'zosi, universitet yoshlar Kengashi a'zosi (bayonnomadan ko’chirma)

👉11) Diplom va faxriy yorliqlarning (asli va rangli ko‘rinishdagi) nusxalari (yuqoridagi belgilangan muddat oralig'ida to'plangan)

👉12) Turli jurnallar va konferensiyalardagi ilmiy va ijodiy maqolalarning nusxalari

👉13) BuxDU Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti yetakchisi va Muddatli harbiy xizmatni o'tab o'qishga qabul qilingan talabalar bilan ishlash bo'yicha yo'nalishi yetakchisi talabaning ijtimoiy faolligi yuzasidan bergan tavsiyanomasi

👉14) Belgilangan nizom talablaridan kelib chiqib, hujjatlarni rasmiylashtirishda qo‘shimcha hujjat va ma’lumotlarga zarurat sezilgan taqdirda bu haqida ma’lum qilinadi.


✅Eslatma: da'vogar talabalarning arizasi hamda tegishli hujjatlari joriy yilning 15 fevral kuni soat 17:00 ga qadar qabul qilinadi.


Qo'shimcha murojaat uchun: 

BuxDU Yoshlar ittifoqi Boshlang'ich tashkiloti yetakchisi: 

📞 +998978512838



Report Page