Moliyaviy mustaqil oliy ta`lim muassasasi kelajagimiz poydevoridir.

Moliyaviy mustaqil oliy ta`lim muassasasi kelajagimiz poydevoridir.


Oʼzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 20.04.2017 yil “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari” toʼgʼrisidagi qarori eʼlon qilindi.  

Hayotimizning barcha sohalari kabi taʼlim tizimini ham modernizatsiyalash bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri boʼlib qolmoqda. Innovatsion taʼlim muhitini yaratish, uni xalqaro andozalarga toʼliq mosligini taʼminlash yoshlarimizni bugungi tez oʼzgaruvchan ijtimoiy hayotga muvaffaqiyatli ijtimoiylashtirishning muhim omilidir.

 «Ta’lim to’g’irisida»gi      Qonun talablarini amalga oshirish uzluksiz taʼlim tizimining tuzilmasi hamda mazmunini zamonaviy fan yutuqlari va ijtimoiy tajriba asosida takomillashtirishni koʼzda tutadi. Buning uchun, avvalo, barcha taʼlim muassasalaridagi dars jarayonlarini ilgʼor, ilmiy-uslubiy jihatdan asoslangan zamonaviy uslubiyot bilan taʼminlash lozim. Yosh avlodga taʼlim-tarbiya berishning maqsadi, vazifalari, mazmunini yangilash tizimi oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi.

Ta`lim tizimiga kiritilgan investitsiya eng samarali investitsiyalardan biri

ekanligi hozirgi kunda hech kimga sir emas, biroq moliyaviy resurslarning

cheklanganligini hisobga olgan holda har bir mablag`dan maksimal darajada samarali foydalanish hozirgi kundagi asosiy masalalardan biri hisoblanadi. Bu borada ta`lim tizimini, xususan oliy ta`lim tizimini moliyaviy mablag`lar bilan ta`minlashni samarali tashkil etish bo`yicha olib borilayotgan chora-tadbirlarni takomillashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.

UNICEF hisob-kitoblariga ko`ra, mamlakatimizda boshlang`ich ta`limni qamrab olish darajasi 97 foizni tashkil etsa, oliy ta`limda esa bu ko`rsatkich 15 foiz bo`lmoqda. Bu esa, mamlakatda har mngta kishiga 2 kishi talaba bo`layotganligini anglatadi.  

Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish uchun bu ko`rsatkich anchagina past ko`rsatkich hisoblanadi. Chunki oliy ma`lumotlilar rivojlanayotgan

mamlatlarda band aholining 3 foiziga, sanoati rivojlangan mamlakatlar aholisining

foiziga teng bo`lib, innovatsion iqtisodiyotda ularning ulushi 60 foizni tashkil

etmoqda, intellektual iqtisodiyotda esa ushbu ko`rsatkich 80 foizga teng bo`lishi

lozim. Shulardan kelib chiqqan holda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmonida quyidagi vazifalar belgilangan:

ü uzluksiz ta`lim tizimini yanada takomillashtirish, sifatli ta`lim xizmatlari

imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori

malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish;

ü ta`lim va o`qitish sifatini baholashning xalqaro standartlarini joriy etish

asosida oliy ta`lim muassasalari faoliyatining sifati hamda samaradorligini oshirish,

oliy ta`lim muassasalariga qabul kvotalarini bosqichma-bosqich ko`paytirish;

ü ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini rag`batlantirish, ilmiy va innovatsiya

yutuqlarini amaliyotga joriy etishning samarali mexanizmlarini yaratish, oliy o`quv

yurtlari va ilmiy-tadqiqot institutlari huzurida ixtisoslashtirilgan ilmiy-eksperimental laboratoriyalar, yuqori texnologiya markazlari va texnoparklarni tashkil etish va boshqalar.

Bunday vazifalarni amalga oshirish albatta vaqt va katta mablag` talab etadi.Mamlakatimizda oliy ta`lim muassasalari asosan byudjet va byudjetdan tashqari manbalar hisobiga moliyalashtirib kelinmoqda. Byudjetdan tashqari mablag`larning asosiy manbasi esa shartnoma asosida o`quvchi talabalarning to`lov-kontrakt mablag`laridir.

Oliy ta`lim muassasalarining moliyaviy faoliyatlarini tartibga solib turuvchi asosiy hujjatlar qatorida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentyabrdagi “Byudjet tashkilotlarini mablag` bilan ta`minlash tartibini takomillashtirish to`g`risida”gi 414-sonli, 2001-yil 17-avgustdagi “Oliy o`quv yurtlari talabalariga stipendiyalar to`lash tartibi va miqdorlari to`g`risida”gi 344-sonli qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirining 2012-yil 28-dekabrdagi “Oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarida o`qitishning to`lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag`larni taqsimlash tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 508-sonli, 2017-yil 16-oktyabrdagi “Oliy ta`lim muassasalarida ta`lim sohalari bloklari va shakllari bo`yicha bir nafar o`qituvchi hisobiga to`g`ri keladigan talabalar soni nisbatining normativlarini tasdiqlash to`g`risida”gi 18-2017-sonli buyrug`lari, O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirliklarining 2010- yil 20-avgustdagi “Bir talabani o`qitish xarajatlaridan kelib chiqib byudjet mablag`lari hisobiga oliy ta`lim muassasalarining xarajatlarini normativ rejalashtirish va moliyalashtirish tartibi to`g`risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi qarorlari alohida ahamiyat kasb etadi.

        Hozirgi kunda iqtisodiyotning barcha tarmoq va sohalari kabi ta`lim tizimida,

xususan oliy ta`lim tizimida, jumladan uni moliyalashtirish tizimida ham yangicha

yondashuvlar, zamonaviy va innovatsion xizmatlarni joriy qilish davri keldi deb

o`ylaymiz.

            Bizga ma`lumki, oliy ta`lim muassasalari(OTM)ning eng katta daromadi bu

to`lov kontrakt summasidan kelib tushgan mablag`lar bo`lsa, eng katta xarajatlari 1-

guruh xarajatlariga, xususan talabalarning stipendiyasi va pedagog-xodimlarning

mehnat ish haqlariga sarflanadi. Shunday ekan mazkur xarajatlarni to`g`ri hisoblash

va oqilona taqsimlash har bir oliy ta`lim muassasalari uchun muhim hisoblanadi.

           Oliy ta`lim muassasalarini moliyalashtirishda bevosita ta`lim tizimini

rivojlangan mamlakatlar tajribasini tahlil qilish maqsadga muvofiqdir. Ta`lim sohasi

bo`yicha o`z tadqiqotlarini olib borgan A.Mingnat va J.Tanlar ta`lim tizimini davlat

tomonidan moliyalashtirish darajasi mamlakatning rivojlanganlik darajasiga

bog`liqligini aniqlashgan. Ularning fikricha, kam daromadli mamlakatlar tayanch

ta`limga e`tibor qaratsalar, o`rtacha daromadli mamlakatlar asosan o`rta maxsus

ta`limni moliyalashtirishga ko`proq e`tibor qaratishadi. Yuqori daromadga ega

bo`lgan davlatlar esa, oliy ta`limga jiddiy e`tibor qaratishadi.

Mamlakatimizda oliy ta`lim tizimi va uni moliyalashtirishni takomillashtirish

borasida amalga oshirilayotga isloxotlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, oliy

ta`lim muassasalarini moliyalashtirishda byudjetdan tashqari mablag`larning ulushini oshirish lozim.

Oliy ta`lim muassasalarining moliyaviy barqarorligini oshirish

yuzasidan quyidagi takliflarni amaliyotga joriy qilish maqsadga muvofiq deb

hisoblaymiz:

- oliy ta`lim muassasalarida o`qitishning kredit tizimini joriy qilish;

- kontrakt summalarini oliy ta`lim muassasalari mustaqil belgilashini joriy qilish;

- kontrakt summalarini belgilashda OTMning ilmiy salohiyatini hisobga olish;

- o`qituvchilarning oyligini lavozim maoshiga qarab emas, natijaviylikka, ya`ni

o`quv yili davomida bajargan ishlariga qarab belgilash;

- ta`lim jarayoniga xorijiy fuqarolarni keng jalb qilish, buning uchun OTM

to`g`risidagi ma`lumotlarni va ta`lim xizmatlarini xorijiy davlatlarda keng

qo`llaniladigan ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilish, mashxur ijtimoiy tarmoqlarda

(Facebook, Twitter, Linkedin ВКонтакте, Telegram, Instagram, WhatsApp va h.k.)

o`zlarini o`zbek, rus va ingliz tillaridagi sahifalarini yaratish;

- oliy ta`lim muassasasini bitirib, yuksak yutuqlarga erishgan nomdor

shaxslarning homiylik xayriya mablag`larini jalb qilish va boshqalar.

 Shularni hisobga olgan holda muhtaram president qaroriga asosan 2022-yil 1-yanvardan 35 ta yetakchi davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berildi.

2022-yil 1-yanvardan 35 ta yetakchi davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berildi.

Prezidentning tegishli qaroriga ko‘ra, mazkur OTMlarga, jumladan, quyidagi vakolatlar bo‘yicha moliyaviy mustaqillik berildi:

– ta’lim xizmatlari bozoridagi talabni inobatga olgan holda to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini belgilash;

– talabalarning to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddatlarini belgilash va uzaytirish;

– o‘z mablag‘lari hisobidan talabalar uchun stipendiya va grantlar ajratish.

Shuningdek, qaror bilan moliyaviy mustaqillik berilayotgan davlat oliy ta’lim muassasalarida tashkil etiladigan kuzatuv kengashlarining 10 ta vakolati belgilab berildi.

Bundan tashqari, moliyaviy mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalariga qator imtiyozlar berildi.

Tibbiyot oliy ta’lim muassasalariga ularning klinikalarida moddiy-texnik bazani mustahkamlash, shuningdek, kapital va joriy ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun o‘zlarining byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan zarur mablag‘lar sarflashga ruxsat berildi.

 Barchamiz bugun chuqur anglab oldik-faqatgina zamonaviy asosda taʼlim-tarbiya olgan, jahonning manaman degan mamlakatlaridagi tengdoshlari bilan bellasha oladigan, jismoniy va maʼnaviy jihatdan barkamol yoshlar biz boshlagan ishlarni munosib davom ettirish va yangi bosqichga koʼtarishga qodir boʼladi. Har tomonlama yetuk, barkamol yoshlarni yetishtirish uchun albatta malakali, oʼz mutaxassisligini chuqur egallagan oʼqituvchilar zarur. Shuning uchun hozirgi kunda oʼqituvchilar oldiga juda koʼp vazifalar qoʼyilmoqda. Shu bilan birga talabalarga ham. Har qanday ijtimoiy jamiyatda yosh avlod taʼlim-tarbiyasi muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Taʼlim-tarbiyaning maqsadi ijtimoiy jamiyat taraqqiyoti, uning rivojlanish yoʼnalishi, ijtimoiy munosabatlar mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Bugungi kunda Oʼzbekiston Respublikasida tashkil etilayotgan taʼlim-tarbiyaning asosiy maqsadi komil insonni tarbiyalab voyaga yetkazishdan iborat.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:

1.   O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O`zbekiston Respublikasini yanada

rivojlantirish bo`yicha Harakatlar strategiyasi to`g`risida”gi PF-4947-sonli Farmoni,07.02.2017

2.   O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fan va oliy ta`lim sohasi

xodimlarining mehnat haqi miqdorini yanada oshirish, ilmiy va ilmiy-texnik faoliyat natijalari joriy etilishini davlat tomonidan qo„llab-quvvatlash chora-tadbirlari to`g`risida”gi PQ-3876-sonli qarori, 20.07.2018

3.    O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining “Oliy va

o„rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalarida o„qitishning to„lov-kontrakt shakli va undan tushgan mablag„larni taqsimlash tartibi to„g„risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 508-sonli buyrug`i, 28.12.2012

4.   Amonashvilli Sh.A., Yedinstvo seli. M., Prosveshenie. 1987.

5.   Avliyaqulov N.X. Zamonaviy o‘qitish texnologiyalari. "Muallif"

6.   Nishonaliev U.N. Kasbiy ta’lim pedagogikasi. O‘quv qo‘llanma. –T.: TDPU, 2007 y.


       BUXDU “Pedagogika” kafedrasi p.f.n., prof. Azimova N.E.

 



Report Page