BUXORO TURKIYALIK HAMKORLAR E'TIBORINI O'ZIGA QARATMOQDA

BUXORO TURKIYALIK HAMKORLAR E'TIBORINI O'ZIGA QARATMOQDA

Buxoro viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti Axborot xizmati

Dunyo bo'ylab kechayotgan ayni pandemiya davrida barcha mamlakatlar karantin talablariga to'liq rioya qilgan holda, birgalikda iqtisodiyot tarmoqlarini ham jadal rivojlantirish yo'lida samarali ishlar olib borishni o'z oldiga maqsad qilib, intilmoqda. Shu o'rinda, jannatmakon yurtimizning boy sayyohlik salohiyati ushbu sinovli kunlarda ham dunyo ahli e'tiborini hamon o'ziga tortayotganining guvohi bo'lish mumkin. Jumladan, kuni-kecha viloyatga tashrif buyurgan Turkiyaning mashhur "TRT" telekanali ijodiy jamoasi qadimiy Buxoroning tarixiy jozibadorligini o'z obyektivlari nigohiga muhrlashni rejalashtirgan.

Xususan, tashrif davomida viloyat hokimligi, Turizmni rivojlantirish departamenti, Turkiyaning O'zbekistondagi muxtor elchisi va ijodiy guruh birgalikda viloyatning turistik markazlari bo'ylab pandemiya davrida yaratilgan qulay sharoitlar, tadbirkorlar uchun keng yo'lga qo'yilayotgan imtiyozlar, turizm tarmoqlarini rivojlantirish va tiklashga doir tajribalar hamda qator muhim masalalar yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Shu kuni mas'ullar tomonidan Istanbul kabi turli yirik shaharlardan Buxoroga to'g'ridan-to'g'ri aviareyslarni yo'lga qo'yish muhokama qilindi. Bu boradagi hamkorlik ishlari bosqichma-bosqich olib borilishi nazarda tutilgan. Shuningdek, bugun ikki tomon mutasaddilari viloyatning Peshko' tumanida bo'lib, Afshonadagi Abu Ali Ibn Sino muzeyi va undagi tarixiy, tengsiz eksponatlar bilan yaqindan tanishishdi. Shu o'rinda, mazkur hududda barpo etilishi rejalashtirilgan "Avitsenna majmuasi" loyihasini yaqindan o'rganib, bunda O'zbekiston va Turkiya hamkorligida Ibn Sino nomidagi tibbiyot universitetini tashkil etish kabi dolzarb masalalar yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Qolaversa, "Bukhara city" majmuasida ham bo'lib, loyiha bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar tashrif a'zolarining e'tibor markazida bo'ldi va turkiyalik faol investorlarni jalb etish borasida ham hamkorlik aloqalarini o'rnatish to'g'risida so'z bordi.

Xulosa o'rnida, mazkur tashrif doirasida mehmonlar viloyatning sayyohlik salohiyatiga yuqori qiziqish uyg'onganini ta'kidlab o'tishdi.

✍️ Buxoro viloyati Turizmni rivojlantirish departamenti Axborot xizmati

📌 A’zo bo‘ling: https://t.me/bukhtourism

БУХАРА В ЦЕНТРЕ ВНИМАНИЯ ТУРЕЦКИХ ПАРТНЕРОВ

Даже в условиях вcемирной пандемии, все страны продолжают вести эффективную работу по ускоренному развитию отраслей экономики с соблюдением карантинных требований. Богатый туристический потенциал нашей страны привлекает внимание жителей мира и в нынешней ситуации. В частности, творческая группа популярного турецкого телеканала "ТRТ", прибывшая на днях запечатлила историческую привлекательность древней Бухары на своих объективах.

В ходе визита, представители областного хокимията, сотрудники Департамента по развитию туризма Бухарской области, совместно с автономным послом Турции в Узбекистане и творческой группой обсудили ряд важных вопросов, касающихся благоприятных условий, созданных в период пандемии, широкие льготы, установленные для предпринимателей, а также опыт по развитию и восстановлению туристских отраслей в туристических центрах Бухарской области.

В рамках встреч, турецкой творческой группой и ответственными лицами области были обсуждены вопросы об организации прямого авиарейса из Стамбула в Бухару. Сотрудничество в этом направлении будет проведено поэтапно. 

Более того, представители обеих сторон побывали в Пешкувском районе Бухарской области, где ознакомились с музеем Абу Али Ибн Сины в Афшане и с его древними экспонатами, а проект "Комплекс Авеценны" который планируется построить на данной территории вызвал высокий интерес у гостей. Были также проведены переговоры по созданию медицинского университета имени Ибн Сины, в сотрудничестве Узбекистана и Турции. 

Помимо этого, гости посетили комплекс "Bukhara City ", где отметили эффективность проводимых работ в проекте, а также установление дальнейших партнерских отношений по привлечению активных турецких инвесторов в область. Следует отметить что, в конце данного визита гости высоко оценили богатый туристический потенциал Бухарской области.

✍️ Пресс-служба департамента по развитию туризма Бухарской области

📌 Присоединяйтесь: https://t.me/bukhtourism

Report Page